Ertak mavzusi maktabdagi kamsitishlar haqida. Hikoyaning bosh qahramoni — maktabga borishni istamaydigan qiz, negaki u yerda unga yomon munosabatda bo'lishadi. 2 nafar sinfdosh qizlar uni imkon topildi deguncha xafa qilishga harakat qilishadi. Mazkur ertak yordamida bola kamsitishlarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishni, uning ishtirokchisiga aylanmaslikni va o'ziga yo'naltirilgan salbiy ta'sirni yengishni o'rganadi.